ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

PARA-QILICHBOZLARDA MUSOBAQA OLDI XAVOTIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Otaxonova, Shahnoza; Tolametov, Abdujalil Abdujaparovich

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi, magistrant
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi, professor

2026-10-22 · pp. 62–64

Annotatsiya

Ushbu tezisda para-qilichbozlarda musobaqa oldi xavotirining psixologik xususiyatlari nazariy-uslubiy jihatdan tahlil qilingan. Xavotirning kognitiv va somatik tarkibiy qismlari, holatli va shaxsga xos xavotir o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, o‘ziga ishonch va diqqat bilan bog‘liq jihatlar yoritilgan. Para-qilichbozlikda tezkor javob qaytarish, taktik qaror qabul qilish va diqqatni jamlash talablarini hisobga olgan holda xavotirni baholash hamda boshqarish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. SCAT, CSAI-2 va STAI metodikalaridan kelgusidagi empirik tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: para-qilichbozlik, musobaqa oldi xavotiri, kognitiv xavotir, somatik xavotir, holatli xavotir, o‘ziga ishonch, diqqat, psixologik tayyorgarlik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi