BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI BOLALARDA TO‘G‘RI QOMATNI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN JISMONIY MASHQLARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini bolalarda to‘g‘ri qomatni shakllantirish va gavda mushaklarining funksional imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan jismoniy mashqlardan foydalanishga tayyorlash masalalari yoritilgan. Bolalarda qomatning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, jismoniy faollikning ahamiyati, mashqlarni yosh va individual xususiyatlarga muvofiq tanlash tamoyillari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, pedagogik kuzatuvni tashkil etish, mashg‘ulotlarda xavfsizlikni ta’minlash va bilimlarni baholashga oid metodik yondashuvlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, to‘g‘ri qomat, jismoniy mashqlar, gavda mushaklari, jismoniy rivojlanish, sog‘lomlashtirish, kasbiy kompetensiya, pedagogik metodika, individual yondashuv.