ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING BOLALARDA YASSIOYOQLIKNI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI JISMONIY MASHQLARGA OID BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Mamadova, Feruzaxon Mirzaaxmad qizi

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 41–44

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining bolalarda yassioyoqlik, uning yoshga xos xususiyatlari, oldini olishga qaratilgan jismoniy faollik hamda oyoq kafti mushaklari faoliyatini rivojlantiruvchi mashqlarga oid bilimlarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Yassioyoqlikning anatomik va funksional xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinib, bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan metodik yondashuvlar bayon etilgan. Shuningdek, mashqlarni bolalarning yoshi va individual imkoniyatlariga muvofiq tanlash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xavfsizlikni ta’minlash hamda tibbiy va pedagogik yondashuvlarni farqlash masalalariga e’tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yassioyoqlik, oyoq kafti, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, kasbiy kompetensiya, jismoniy rivojlanish, pedagogik metodika, bolalar salomatligi, individual yondashuv.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi