ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mamatov, Avaz Agzamovich

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 38–41

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga oid kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Sog‘lomlashtiruvchi ta’lim muhitini tashkil etish, o‘quvchilarda salomatlikka mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, motivatsiyani oshirish, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish va sog‘lom turmush tarziga oid loyihalarni amalga oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ, tashkiliy va refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim muassasasi hamda oila hamkorligini yo‘lga qo‘yish va pedagogik faoliyat samaradorligini baholash mezonlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: sog‘lom turmush tarzi, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, kasbiy kompetensiya, sog‘lomlashtiruvchi ta’lim muhiti, pedagogik motivatsiya, interfaol metodlar, salomatlik madaniyati, ta’lim hamkorligi, refleksiv faoliyat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi