ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Mamatov, Avaz Agzamovich

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 35–38

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarziga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Sog‘lom turmush tarzining jismoniy faollik, oqilona ovqatlanish, uyqu, shaxsiy gigiyena, ruhiy salomatlik va zararli odatlarning oldini olish kabi tarkibiy qismlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatga tatbiq etish va o‘quvchilarda sog‘lom hayotiy odatlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: sog‘lom turmush tarzi, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, ruhiy salomatlik, shaxsiy gigiyena, kasbiy kompetensiya, sog‘lomlashtirish, pedagogik metodika.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi