INKLYUZIV SPORT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Ushbu maqolada adaptiv sport mashg‘ulotlarini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Adaptiv sport imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy imkoniyatlari, sog‘lig‘i, harakat faoliyati va individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar tizimi hisoblanadi. Maqolada individual yondashuv, differensial ta’lim, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, videoanaliz, gamifikatsiya, loyiha texnologiyasi va teskari aloqa kabi zamonaviy yondashuvlarning adaptiv sportdagi imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: adaptiv sport, pedagogik texnologiya, individual yondashuv, differensial ta’lim, interfaol metod, videoanaliz, gamifikatsiya, jismoniy tayyorgarlik, inklyuziv ta’lim, sport mashg‘uloti.