TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHI VA TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Farg‘ona shahar 2-sonli texnikum, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, ularning mazmun- mohiyati hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Bugungi kunda yosh avlod salomatligini mustahkamlash, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmalarini shakllantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni faqat jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan chegaralab qo‘ymasdan, uni o‘quvchilarning kundalik faoliyati, ta’lim jarayoni, tarbiyaviy tadbirlar va ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etish zarurligi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: sog‘lom turmush tarzi, jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, o‘quvchi- yoshlar, talaba-yoshlar, salomatlik, jismoniy faollik, pedagogik yondashuv, innovatsion texnologiyalar, sog‘lomlashtirish, ta’lim muassasasi, sport, faol hayot tarzi.