YUQORI MALAKALI GANDBOLCHILARNING MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI INDIVIDUALLASHTIRISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yuqori malakali gandbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini individuallashtirish metodikasining ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Mashg‘ulot yuklamalarini sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, funksional imkoniyatlari, texnik-taktik mahorati, yosh xususiyatlari va musobaqa faoliyati talablariga muvofiq rejalashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mashg‘ulot yuklamalarining hajmi, jadalligi, davomiyligi va tiklanish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirishning ahamiyati asoslangan. Yuklamalarni individuallashtirishda pedagogik kuzatish, nazorat sinovlari, sport natijalarini tahlil qilish va tiklanish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish usullaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Taklif etilayotgan metodik yondashuv sportchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olish, ortiqcha zo‘riqish xavfini kamaytirish, mashg‘ulot samaradorligini oshirish va yuqori sport natijalariga erishishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: gandbol, yuqori malakali sportchilar, mashg‘ulot yuklamasi, individuallashtirish, jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik mahorat, mashg‘ulot jadalligi, tiklanish, sport monitoringi, musobaqa faoliyati.