JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASINI RAQAMLASHTIRISH: ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasini raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va tashkiliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Sport boshqaruvi, sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini monitoring qilish, sport inshootlarini boshqarish, mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish hamda sport natijalarini tahlil qilishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan. Sun’iy intellekt, GPS monitoring, aqlli qurilmalar, videotahlil, mobil ilovalar va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida jismoniy tarbiya va sport tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning tashkiliy-pedagogik modeli taklif qilingan. Shuningdek, raqamli infratuzilma, kadrlar salohiyati, ma’lumotlar xavfsizligi va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Maqolada sport sohasining raqamli transformatsiyasini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, sport, raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, sport analitikasi, GPS, videotahlil, raqamli kompetensiya.