ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

ERKIN KURASHCHILARNING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Muxtorov, Jaxongir Rayimjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 444–446

Annotatsiya

Maqolada erkin kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Erkin kurashda yuqori natijaga erishish sportchining jismoniy tayyorgarligi bilan bir qatorda texnik harakatlarni samarali bajarish, hujum va qarshi hujumlarni o‘z vaqtida qo‘llash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatiga bog‘liq. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish va modellashtirish usullaridan foydalanildi. Videotahlil, raqamli statistik monitoring va harakat sensorlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Raqamli ma’lumotlar asosida sportchining texnik kamchiliklarini aniqlash va individual mashg‘ulot dasturini shakllantirish modeli taklif etildi.

Kalit so'zlar: erkin kurash, texnik-taktik tayyorgarlik, raqamli texnologiya, videotahlil, hujum, qarshi hujum, sport analitikasi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi