RITMIK GIMNASTIKA MOBIL ILOVASI ORQALI TALABALARINING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Maqolada ishlab chiqilgan “Ritmik gimnastika” mobil ilovasining talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ilovaning boshlang‘ich mashg‘ulot, maxsus mashg‘ulot va o‘yin-raqsi bloklari o‘quv vazifalari bilan bog‘langan. Alohida mashqlarni o‘rganishdan musiqa ostida yaxlit kompleksni bajarishga o‘tish hamda bolalar uchun sujetli harakatlarni metodik tahlil qilish tartibi asoslangan. Mustaqil ish topshiriqlari va baholash mezonlari taklif etilgan. Natijalar mavjud ilova mazmunining ilmiy- metodik tahlili sifatida taqdim etilgan.
Kalit so'zlar: ritmik gimnastika, mobil ilova, mustaqil ta’lim, video orqali o‘rganish, musiqiy ritm, o‘yin-raqs.