YANGI O‘ZBEKISTONDA SPORT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING AHAMIYATI.
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari, zamonaviy texnologiyalarni sport amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari hamda sohada ilmiy yondashuvlarni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sport ta’limini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, sportchilar tayyorgarligini monitoring qilish, murabbiylar malakasini oshirish va sport infratuzilmasidan samarali foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sport ta’limi sifatini oshirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash samaradorligini kuchaytirishning muhim omili sifatida asoslangan.
Kalit so'zlar: Yangi O‘zbekiston, jismoniy madaniyat, sport, innovatsiya, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, sport ta’limi, sport infratuzilmasi, ilmiy tadqiqot, sog‘lom turmush tarzi, sportchilar tayyorgarligi.