FUTBOLCHILARNING KUCH VA TEZKOR-KUCH TAYYORGARLIGINI BAHOLASHDA RAQAMLI DIAGNOSTIKA VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Maqolada futbolchilarning kuch va tezkor-kuch tayyorgarligini raqamli diagnostika asosida baholashning ilmiy-metodik jihatlari tahlil qilindi. Kuch platformasi, fotodatchik, chiziqli pozitsiya datchigi hamda mobil ilovaning diagnostik imkoniyatlari taqqoslandi. Trener qarorlarini asoslashga xizmat qiladigan olti bosqichli pedagogik monitoring modeli taklif etildi. Uni qo‘llashda yagona test protokoli, individual dinamika va o‘lchash xatolarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatildi.
Kalit so'zlar: futbol, kuch, tezkor-kuch, raqamli diagnostika, CMJ, SJ, sprint, kuch platformasi, pedagogik monitoring.