GANDBOLCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATINI TAHLIL QILISHDA VA REJALASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI QO‘LLASH
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Gandbolchilarning musobaqa faoliyatini tahlil qilish, sport natijalarini baholash va mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishda sun’iy intellekt (SI) tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy sportda raqamli texnologiyalar, kompyuter ko‘rishi, mashinaviy o‘qitish va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullari sportchilarning individual hamda jamoaviy faoliyatini chuqur o‘rganishga yordam beradi. Gandbol musobaqalarida hujum va himoya harakatlari, darvozaga zarbalar samaradorligi, to‘p yo‘qotishlar, darvozabon faoliyati va taktik qarorlarni tahlil qilishda SI tizimlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, olingan ma’lumotlar asosida mashg‘ulot yuklamalarini individuallashtirish, raqib jamoa faoliyatini o‘rganish va musobaqaga tayyorgarlik rejasini takomillashtirish yo‘llari tavsiflanadi.
Kalit so'zlar: gandbol, sun’iy intellekt, musobaqa faoliyati, sport tahlili, mashinaviy o‘qitish, kompyuter ko‘rishi, taktik rejalashtirish, sport statistikasi, jismoniy yuklama, sport samaradorligi.