YOSH FUTBOLCHILARGA TAKTIK HARAKATLARNI O‘RGATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA YONDASHUVLARI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqolada yosh futbolchilarga taktik harakatlarni o‘rgatishning asosiy tamoyillari, pedagogik yondashuvlari va mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari yoritiladi. Yosh futbolchilarning o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, sheriklari bilan hamkorlikda harakatlanish hamda hujum va himoya taktikasini o‘zlashtirish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, futbolchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda taktik tayyorgarlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish, kichik tarkibli o‘yinlardan foydalanish va musobaqa sharoitida o‘rgatilgan harakatlarni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar: yosh futbolchilar, taktik tayyorgarlik, taktik harakatlar, futbol, o‘yin tafakkuri, tezkor qaror qabul qilish, hujum taktikasi, himoya taktikasi, pedagogik yondashuv, mashg‘ulot metodikasi.