ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

AYOL GANDBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI BAHOLASH MEZONLARINI ISHLAB CHIQISH.

Nizomov, Akmaljon Akramjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 404–407

Annotatsiya

Ushbu maqolada ayol gandbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini baholash mezonlarini ishlab chiqishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Gandbolchilarning texnik mahorati va taktik harakatlarini baholashda to‘pni uzatish va qabul qilish aniqligi, darvozaga zarba berish samaradorligi, to‘pni olib yurish, aldab o‘tish, himoyaviy harakatlar, tezkor qarshi hujumlarni tashkil etish hamda jamoaviy hamkorlik kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, texnik-taktik tayyorgarlikni baholashda harakatlarning aniqligi, bajarilish tezligi, samaradorligi, barqarorligi va o‘yin vaziyatiga mosligi kabi mezonlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ayol gandbolchilarning o‘yin pozitsiyasi, sport mahorati va musobaqa faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda baholash mezonlarini takomillashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Mazkur yondashuv murabbiylarga sportchilarning individual tayyorgarlik darajasini aniqlash, mavjud kamchiliklarni belgilash va mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: ayol gandbolchilar, gandbol, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, baholash mezonlari, texnik-taktik mahorat, o‘yin samaradorligi, musobaqa faoliyati, jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi