GANDBOLDA O‘YIN POZITSIYALARI BO‘YICHA JISMONIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH.
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqola gandbol sport turida o‘yinchilarning egallagan pozitsiyalari bo‘yicha jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi gandbolchilarning o‘yin pozitsiyalariga xos jismoniy sifatlari, texnik mahorati va taktik harakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash hamda har bir pozitsiya uchun muhim bo‘lgan tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida gandbolchilarning tezkorlik, tezkor-kuch, sakrovchanlik, chaqqonlik va maxsus chidamlilik sifatlari, shuningdek, to‘p uzatish, to‘pni darvozaga otish, aldab o‘tish, himoyaviy harakatlar va tezkor qarshi hujumlarda ishtirok etish samaradorligini o‘rganish nazarda tutiladi. Qiyosiy tahlil natijasida markaziy va yarim o‘rta, qanot, chiziq o‘yinchilari hamda darvozabonlarning o‘z pozitsiyalariga xos tayyorgarlik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Kalit so'zlar: gandbol, o‘yin pozitsiyalari, jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, qiyosiy tahlil, tezkorlik, sakrovchanlik, maxsus chidamlilik, texnik mahorat, taktik harakatlar, musobaqa faoliyati.