PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MATEMATIK-STATISTIK USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi, magistrant
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi, professor
Annotatsiya
Maqolada psixologik tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Psixologik test va so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilishda tavsifiy statistika, korrelyatsiya koeffitsiyentlari, parametrik va noparametrik mezonlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Statistik usulni tanlashda tanlanma hajmi, o‘lchov shkalasi, ma’lumotlarning taqsimlanishi va tadqiqot maqsadini hisobga olish zarurligi asoslangan. Shuningdek, sport va ta’lim psixologiyasida statistik tahlil natijalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Kalit so'zlar: psixologik tadqiqot, matematik statistika, empirik ma’lumot, korrelyatsiya, statistik mezon, ishonchlilik, sport psixologiyasi.