BASKETBOL TRENERLARI PEDAGOGIK FAOLIYATINI RAQAMLI MONITORING VA REFLEKSIV TAHLIL ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, professor
Annotatsiya
Maqolada basketbol trenerlarining pedagogik faoliyatini raqamli monitoring va refleksiv tahlilni uyg‘unlashtirgan TF–Y8 metodikasi asosida takomillashtirish masalasi yoritilgan. Metodika “tahlil – reja – qo‘llash – nazorat – yangilash” siklidan iborat. U trenerning refleksiv kundaligi, videotahlil va minimal amaliy farq (MAF) asosidagi maqsad qo‘yishga tayanadi. Bir yillik pedagogik tajriba-sinov natijasida tajriba guruhi sportchilarining jismoniy va texnik ko‘rsatkichlarida statistik ishonchli o‘sish qayd etildi (p<0,05).
Kalit so'zlar: basketbol treneri, pedagogik faoliyat, refleksiv tahlil, raqamli monitoring, videotahlil, TF–Y8, kompetensiya.