KIBERSPORTCHILARNING NEYRO-KOGNITIV SALOHIYATINI VA REAKSIYA TEZLIGINI OPTIMALLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda kibersportchilarning yuqori darajadagi kognitiv va psixofiziologik yuklamalar sharoitidagi faoliyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda professional kibersportchilarning sensomotor reaksiyasi, vizual-motor koordinatsiyasi, kognitiv egiluvchanligi (cognitive flexibility), diqqatni taqsimlash va elektroensefalografik (EEG) ko‘rsatkichlari nazorat guruhlari bilan qiyosiy o‘rganilgan. Olingan ilmiy va empirik ma’lumotlar asosida kibersportda neyro-kognitiv salohiyatni va reaksiya tezligini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar hamda neyrobio-futeristik modellar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: kibersport, neyro-kognitiv salohiyat, sensomotor reaksiya, APM (Actions Per Minute), EEG ritmlari, kognitiv egiluvchanlik, Neurofeedback, stressga chidamlilik.