BOKSCHI QIZLARDA TEZKOR-KUCH SIFATINI RIVOJLANTIRISHDA IMU DATCHIKLARI INTELLEKTUAL-ADAPTIV BOSHQARUV MODELI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Tezisda o‘quv-mashq bosqichidagi bokschi qizlarda tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun IMU datchiklari va "Boxing Force" ilovasiga asoslangan intellektual-adaptiv boshqaruv modeli taqdim etilgan. Yuklamani real vaqt rejimida yashil, sariq va qizil koridorlar orqali moslashuvchan boshqarish hamda 6 zonali jilet-trenajyorni qo‘llash amaliyoti eksperimental tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijalar shuni tasdiqladiki, moslashuvchan boshqaruv mexanizmi sportchi qizlarning texnik-taktik samaradorligini (hujum faolligi, muvaffaqiyatli birlashmalar) sezilarli darajada oshirdi va an’anaviy yondashuvga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar yuqori pedagogik samara (integral samaradorlik koeffitsiyenti = 0,949) berdi.
Kalit so'zlar: Intellektual-adaptiv boshqaruv, moslashuvchan yuklama, uch qatlamli qayta aloqa, 6 zonali jilet-trenajyor, tezkor-kuch, bokschi qizlar, texnik-taktik samaradorlik.