O‘QUV-MASHQ BOSQICHIDAGI BOKSCHI QIZLAR TAYYORGARLIGIDA IMU SENSORLI INTELLEKTUAL MONITORING TIZIMINING DIAGNOSTIK IMKONIYATLARI VA BIOMEXANIK SAMARADORLIGI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Ushbu tezisda 11–14 yoshli bokschi qizlar tayyorgarligida IMU sensorli monitoring tizimining diagnostik imkoniyatlari tahlil qilingan. 9-o‘qli inertsial datchiklar yordamida zarbaning pik tezligi, kuchi, chap-o‘ng asimmetriyasi va kuchning rivojlanish tezligi (RFD) kabi kinetik ko‘rsatkichlar o‘lchangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sensorli texnologiya vizual baholashga nisbatan yuqori biomexanik aniqlikni ta'minlaydi, xususan, tajriba guruhida RFD ko‘rsatkichi 29,0% ga o‘sganligi va asimmetriya 10% dan past xavfsiz zonaga tushirilganligi qayd etilgan. Tizim sportchilarda jarohatlarning oldini olish va zarba samaradorligini obyektiv nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: IMU datchiklari, bokschi qizlar, tezkor-kuch sifati, biomexanik diagnostika, kuchning rivojlanish tezligi (RFD), zarba asimmetriyasi, Boxing Force ilovasi.