SPORT O‘YINLARIDA SPORTCHILARNI TAYYORLASH JARAYONINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu tezisda sport o‘yinlari (futbol, basketbol, voleybol, gandbol) bo‘yicha sportchilarni tayyorlash jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Mashg‘ulot va musobaqa faoliyatiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va ular asosida sportchining holati hamda natijasini prognozlashning besh bosqichli modeli taklif etilgan, uni joriy etish shartlari va cheklovlari ko‘rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, sport o‘yinlari, mashinali o‘qitish, prognozlash, video-tahlil, yuklama monitoringi, jarohat xavfi.