14–15 YOSHLARDA BELBOG‘LI KURASH ORQALI JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada 14–15 yoshli o‘smir sportchilarda Belbog‘li kurash mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning samarali usullari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida tezkorlik, kuch, chidamlilik, epchillik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov ishlari orqali ularning samaradorligi aniqlandi. Olingan natijalar belbog‘li kurash mashg‘ulotlarini metodik jihatdan takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi.
Kalit so'zlar: belbog‘li kurash, jismoniy sifatlar, tezkorlik, kuch, chidamlilik, epchillik, mashg‘ulot metodikasi, o‘smir sportchilar.