MALAKALI BELBOG‘LI KURASHCHILARNING MASHG‘ULOTLARIDA TEZKOR KUCHNING AHAMIYATINI O‘RGANISH
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada malakali belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida tezkor kuch sifatining ahamiyati ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida 18–22 yoshli 14 nafar malakali sportchi ishtirok etdi. Maxsus testlar yordamida sportchilarning tezkor kuch ko‘rsatkichlari aniqlanib, tajriba davomida ishlab chiqilgan mashg‘ulot dasturining samaradorligi baholandi. Olingan natijalar tezkor kuchni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar kurashchilarning texnik-taktik harakatlarini samarali bajarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi.
Kalit so'zlar: Belbog‘li kurash, tezkor kuch, maxsus mashqlar, portlovchi kuch, sport tayyorgarligi, texnik-taktik harakatlar.