TAEKVONDO WT TEXNIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada taekvondo WT sport turida sportchilarning texnik mahoratini shakllantirish va takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Texnik mahorat tushunchasi, uning tuzilishi hamda harakat malakasining shakllanish bosqichlari motor o‘rganish nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan vositalar va uslublar, jumladan, imitatsion mashqlar, nishon bilan bajariladigan mashqlar, shartli juftlikdagi mashqlar va erkin jang (kyorugi) sharoitidagi mashqlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, texnik tayyorgarlikni nazorat qilish ko‘rsatkichlari va ularni baholash mezonlari taklif etilgan. Maqola murabbiylar, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talabalari hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Kalit so'zlar: taekvondo WT, texnik mahorat, harakat malakasi, texnik tayyorgarlik, kyorugi, poomsae, mashg‘ulot uslubi, samaradorlik.