QO‘L JANGCHILARDA «ZARBA – KURASH USULI»GA O‘TISH TEXNIKASINI SHAKLLANTIRISHDA NOAN’ANAVIY KOORDINATSION VA MUVOZANAT MASHQLARINI QO‘LLASH MEXANIZMLARI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada qo‘l jangi sportchilarining eng murakkab texnik elementi hisoblangan — uzoq va o‘rta masofadagi zarba berish fazasidan yaqin masofadagi kurash (ushlash va otish) usullariga uzluksiz o‘tish texnikasini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. O‘quv-mashg‘ulot jarayoniga noan’anaviy muvozanat va propriotseptiv mashqlar (BOSU yarim sferik platformalari, fitbol to‘plari, og‘irlik markazi siljigan bulavalar va gibrid manekenlar)ni tatbiq etish orqali sportchilarning dinamik muvozanati va kombinatsion texnikasi sezilarli darajada oshganligi ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: qo‘l jangi, kombinatsion texnika, zarbadan kurashga o‘tish, dinamik muvozanat, propriotsepsiya, noan’anaviy trenajyorlar, otish texnikasi, vestibulyar barqarorlik.