QO‘L JANGI SPORTCHILARINING ZARBA BERISH VA HIMOYALANISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA NOAN’ANAVIY MASHQLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning zarba berish aniqligi, tezkorligi hamda himoyalanish texnikasini rivojlantirishda noan’anaviy mashqlar majmuasidan (rezina amortizatorlar, refleks-to‘plar, ko‘p vektorli yorug‘lik signallari va koordinatsion narvon) foydalanishning ilmiy-uslubiy mexanizmlari yoritilgan. Pedagogik tajriba davomida olingan natijalar an’anaviy mashg‘ulot uslubiyatiga nisbatan tajriba guruhida texnik harakatlar foydali ish koeffitsiyenti sezilarli darajada oshganligini tasdiqladi.
Kalit so'zlar: qo‘l jangi, texnik tayyorgarlik, noan’anaviy mashqlar, zarba aniqligi, himoya reflekslari, koordinatsion qobiliyat, sensomotor reaksiya, biomexanik zanjir.