BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA KURASHCHILARNING KUCH JISMONIY SIFATINI RIVOJLANTIRISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu tezisda boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kurashchilarning kuch jismoniy sifatini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari, mashg‘ulot vositalari va ularni qo‘llash xususiyatlari tahlil qilinadi. Kurashchilarning yoshiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga va harakat imkoniyatlariga mos ravishda umumiy rivojlantiruvchi, sherik bilan bajariladigan hamda kurash texnikasiga yo‘naltirilgan mashqlardan foydalanish masalalari yoritiladi. An’anaviy mashg‘ulot yondashuvi bilan maqsadli, bosqichma-bosqich tashkil etilgan mashg‘ulot usullari solishtirilib, kuch sifatini rivojlantirishda harakat texnikasi, yuklama meyori va pedagogik nazoratning ahamiyati asoslanadi.
Kalit so'zlar: kurash, boshlang‘ich tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, kuch, kuch chidamliligi, tezkor-kuch, mashg‘ulot metodikasi, jismoniy tayyorgarlik, pedagogik nazorat.