YOSH KURASHCHILARDA MAXSUS IMITATSION VA KOORDINATSION MASHQLARNI BOSQICHMA-BOSQICH O‘ZLASHTIRISHNING BIOMEXANIK VA PEDAGOGIK MEZONLARI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada 13-15 yoshli kurashchilarda maxsus imitatsion va koordinatsion mashqlarni o‘rgatish bosqichlarini kinematik zanjir mexanikasi hamda obyektiv pedagogik nazorat mezonlari asosida boshqarish masalalari tadqiq etilgan. Harakat usullarini o‘zlashtirish jarayonida tana a’zolarining fazoviy-vaqt va dinamik-ritmik ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich korreksiyalash metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida tajriba guruhi kurashchilarining usulga kirish fazasi vaqti 21,6% ga qisqarganligi, dinamik muvozanat barqarorligi 31,4% ga oshganligi va texnik xatolar soni 2,3 barobarga kamayganligi aniqlandi (p<0,001).
Kalit so'zlar: kurash biomexanikasi, kinematik zanjir, maxsus imitatsion mashqlar, o‘rgatish bosqichlari, dinamik muvozanat, fazoviy-vaqt aniqligi, pedagogik mezonlar.