YOSH KURASHCHILARDA MAXSUS YO‘NALTIRILGAN MASHQLARNI O‘RGATISH BOSQICHLARI VA DIDAKTIK ALGORITMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich va o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi 12-14 yoshli kurashchilarda maxsus tayyorlov hamda maxsus yo‘naltirilgan mashqlarni o‘rgatishning pedagogik bosqichlari ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida maxsus harakat ko‘nikmalarini shakllantirishning 4 bosqichli didaktik algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda biomexanik zanjir fazalarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish va maxsus koordinatsion qobiliyatlarni sinxron rivojlantirish nazarda tutilgan. Pedagogik tajriba natijalariga ko‘ra, tajriba guruhi sportchilarining maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 18,4% ga, texnik usullarni bajarish ishonchliligi esa 24,6% ga oshganligi matematik-statistik jihatdan (p<0,001) tasdiqlandi.
Kalit so'zlar: yosh kurashchilar, maxsus mashqlar, o‘rgatish bosqichlari, harakat ko‘nikmasi, malaka, biomexanik tuzilma, didaktik algoritm, texnik-taktik tayyorgarlik.