ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

YOSH VOLEYBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI KICHIK TARKIBLI O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Karimova, Gulhayo Botirjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi

2026-10-22 · pp. 187–191

Annotatsiya

Mazkur maqolada yosh voleybolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda kichik tarkibli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Voleybol sport turida texnik mahorat bilan taktik fikrlashning o‘zaro bog‘liqligi, o‘yin vaziyatlarini tezkor tahlil qilish, sheriklar bilan hamkorlikda harakatlanish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Kichik tarkibli o‘yinlarning an’anaviy mashg‘ulotlardan farqli xususiyatlari, ularni mashg‘ulot jarayoniga kiritish tamoyillari hamda 2×2, 3×3 va 4×4 shakllaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, yosh sportchilarning tayyorgarlik darajasi, mashg‘ulot maqsadi va o‘yin sharoitiga qarab topshiriqlarni murakkablashtirish, texnik xatolarni kamaytirish va jamoaviy o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola materiallaridan bolalar va o‘smirlar voleyboli bo‘yicha mashg‘ulotlarni rejalashtirish hamda murabbiylarning amaliy faoliyatida foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar: voleybol, yosh sportchilar, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, kichik tarkibli o‘yinlar, o‘yin faoliyati, to‘p uzatish, to‘p qabul qilish, hujum zarbasi, blok qo‘yish, jamoaviy hamkorlik, sport mahorati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi