VOLEYBOL MASHG‘ULOTLARIDA YUKLAMA VA DAM OLISH NISBATINING SPORTCHILARNING ISH QOBILIYATIGA TA’SIRI
Farg‘ona davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada voleybol mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy yuklama va dam olish oralig‘ini o‘zaro muvofiqlashtirishning sportchilarning ish qobiliyati, jismoniy tayyorgarligi va texnik harakatlarni bajarish sifatiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Voleybolning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, takroriy sakrashlar, qisqa masofalarga tezlanishlar, yo‘nalishni tez o‘zgartirish, hujum va himoya harakatlarining almashinib turishi mashg‘ulot yuklamalarini oqilona rejalashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Maqolada yuklamaning hajmi, shiddati, davomiyligi, takrorlanish soni va dam olish oralig‘ining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, sportchilarning charchash holatini nazorat qilish, mashg‘ulotdan keyingi tiklanish jarayonlarini baholash hamda individual xususiyatlarga mos yuklama taqsimotidan foydalanish masalalariga e’tibor qaratiladi. Mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik kuzatuv, yurak urish chastotasini nazorat qilish, bajarilgan sakrashlar sonini hisobga olish va sportchining subyektiv charchash darajasini baholash kabi yondashuvlar tavsiya etiladi. Maqola voleybol mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yuklama va dam olish nisbatini hisobga olishning nazariy hamda amaliy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: voleybol, mashg‘ulot yuklamasi, dam olish oralig‘i, ish qobiliyati, jismoniy tayyorgarlik, charchash, tiklanish, mashg‘ulot shiddati, yurak urish chastotasi, pedagogik nazorat.