TAKOMILLASHUV BOSQICHIDAGI ERKIN KURASHCHILARNING TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI NAZORAT QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Mazkur tezisda takomillashuv bosqichidagi erkin kurashchilarning texnik- taktik harakatlarini nazorat qilishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Sportchilarning texnik usullarni bajarish sifati, taktik qarorlar qabul qilishi, harakatlarning samaradorligi hamda musobaqa faoliyatidagi o‘zgarishlarni baholash mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, nazorat jarayonini mashg‘ulotlar tizimiga izchil joriy etish orqali sportchilarning individual imkoniyatlarini aniqlash va sport mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar asoslangan.
Kalit so'zlar: erkin kurash, takomillashuv bosqichi, texnik-taktik tayyorgarlik, pedagogik nazorat, sport mahorati, musobaqa faoliyati, baholash mezonlari.