15-16 YOSHLI TAEKVONDOCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA USLUBIY YO‘NALISHLARI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Ushbu maqola 15-16 yoshli taekvondochilarning jismoniy sifatlarini (kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va chaqqonlik) haratli va tizimli ravishda rivojlantirish muammolariga bag'ishlangan. Maqolada ushbu yosh guruhiga mansub sportchilarning anatomik-fiziologik, psixologik hamda biomexanik xususiyatlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy WT (World Taekwondo) musobaqa qoidalari talablaridan kelib chiqqan holda mashg'ulot jarayonini rejalashtirish, maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari hamda yuklamalarni me'yorlash usullari ko'rib chiqilgan. Maqolada 15-16 yoshli sportchilar uchun mo'ljallangan 12 haftalik maxsus mashg'ulot dasturi model va pedagogik tajriba natijalari keltirilgan. Olingan natijalar maxsus jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlarining sezilarli darajada oshganligini hamda rejalashtirilgan mashg'ulotlar tizimining yuqori samaradorligini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: Taekvondo WT, 15-16 yosh, jismoniy sifatlar, portlash kuchi, reaksion tezkorlik, egiluvchanlik, maxsus chidamlilik, koordinatsiya, mashg'ulot dasturi, plyometrika.