O‘QUVCHILARNING SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA PERSONALIZATSIYALANGAN PEDAGOGIK TRAYEKTORIYALARNI LOYIHALASH
Farg‘ona davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Maqolada o‘quvchilarning sport-sog‘lomlashtirish faoliyatini tashkil etishda personalizatsiyalangan pedagogik trayektoriyalarni loyihalashning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Boshlang‘ich diagnostika, individual profil, shaxsiy maqsadlar, moslashtirilgan mazmun va yuklama, monitoring, refleksiya hamda korreksiyadan iborat siklik mexanizm taklif etilgan. Trayektoriyani o‘quvchining jismoniy tayyorgarligi, qiziqishi, motivatsiyasi, funksional holati va o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalariga moslashtirish tamoyillari asoslangan.
Kalit so'zlar: sport-sog‘lomlashtirish faoliyati, personalizatsiya, pedagogik trayektoriya, jismoniy faollik, differensial ta’lim, individual yuklama, monitoring, refleksiya, o‘zini nazorat qilish.