SPRINTERLARNING TEZKOR-KUCH TAYYORGARLIGINI MAXSUS NAZORAT MASHQLARI ORQALI BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarning tezkor-kuch qobiliyatlari bo‘yicha pedagogik tajriba natijalari tahlil qilinadi. Joyidan uzunlikka va uch hatlab sakrash, qadam chastotasi hamda og‘irlik bilan o‘tirib-turish sinovlari bo‘yicha nazorat va tajriba guruhlaridagi dinamikalar taqqoslandi. Olingan natijalar maxsus jismoniy tayyorgarlik monitoringi uchun kompleks testlardan foydalanishning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: sprinter, tezkor-kuch, sakrash testlari, qadam chastotasi, maxsus jismoniy tayyorgarlik.