QISQA MASOFAGA YUGURUVCHILARNING PASTKI STARTDAN TEZLANISH KO‘RSATKICHLARINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada ommaviy razryadli qisqa masofaga yuguruvchilar tayyorgarligida start tezlanishini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuv natijalari tahlil qilingan. Nazorat va tajriba guruhlarining 30, 60 hamda 100 metr masofalarga yugurish sinovlari bo‘yicha tajriba oldi va keyingi ko‘rsatkichlari qiyoslandi. Olingan ma’lumotlar tajriba guruhida natijalar yaxshilanishi yuqoriroq bo‘lganini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: qisqa masofaga yugurish, pastki start, start tezlanishi, tezkorlik, pedagogik tajriba.