ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

6–9 YOSHLI GIMNASTIKACHI QIZLARDA AKROBATIK MASHQLAR VOSITASIDA HARAKAT ANIQLIGI VA POSTURAL BARQARORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Qodirova, X.M.

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 118–121

Annotatsiya

Mazkur maqolada 6–9 yoshli gimnastikachi qizlarda akrobatik mashqlar vositasida harakat aniqligi va postural barqarorlikni takomillashtirishning metodik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi yosh gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayoniga vestibulyar tizimga yo‘naltirilgan maxsus akrobatik mashqlar majmuasini kiritish hamda uning muvozanatni saqlash va aylanish harakatlaridan keyin tana holatini tiklash ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Pedagogik tajribada 6–9 yoshdagi 24 nafar gimnastikachi qiz ishtirok etdi. Ishtirokchilar 12 nafardan nazorat va tajriba guruhlariga ajratildi. Tajriba 12 hafta davom etdi. Tajriba guruhi mashg‘ulotlariga dumalashlar, burilishlar, 180°–360° aylanishlar, aylanishdan keyingi muvozanat, ko‘z yumilgan holda muvozanatni saqlash hamda “aylanish + yurish” ko‘rinishidagi kombinatsion mashqlar kiritildi.

Kalit so'zlar: gimnastika, 6–9 yosh, akrobatik mashqlar, vestibulyar barqarorlik, postural barqarorlik, harakat aniqligi, statik muvozanat, dinamik muvozanat, koordinatsion qobiliyat, fazoviy mo‘ljal olish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi