BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI INKLYUZIV TA’LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini inklyuziv ta’lim faoliyatiga tayyorlashning zamonaviy usullari va pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Inklyuziv ta’lim sharoitida turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan samarali ishlash uchun bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda individual yondashuv, differensial ta’lim, interfaol metodlar, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga moslashtirish, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda barcha o‘quvchilarning jismoniy faolligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining inklyuziv ta’limga tayyorgarligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik usullar va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, jismoniy tarbiya, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya, zamonaviy pedagogik usullar, individual yondashuv, differensial ta’lim, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar.