BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA TAYYORLASH
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim muhitida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning individual imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish, ularning jismoniy rivojlanishi hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va moslashtirilgan jismoniy mashqlardan foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchining kasbiy mahorati, pedagogik yondashuvi va individual ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, jismoniy tarbiya, bo‘lajak o‘qituvchi, alohida ta’lim ehtiyojlari, kasbiy kompetensiya, individual yondashuv, pedagogik texnologiyalar, jismoniy rivojlanish.