OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI: INDIVIDUAL YONDASHUV VA KOMPLEKS MASHG‘ULOTLAR SAMARADORLIGI
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari, jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirish tamoyillari hamda individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulotlar metodikasi tahlil qilingan. Jismoniy tayyorgarlikni baholashda kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘rsatkichlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, jismoniy yuklamalarni me’yorlashtirish, pedagogik nazoratni tashkil etish va raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolaning ilmiy-amaliy ahamiyati talabalar jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan kompleks metodik modelni taklif etish hamda uning samaradorligini baholash mezonlarini belgilash bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: jismoniy tayyorgarlik, oliy ta’lim, talabalar, jismoniy sifatlar, individual yondashuv, kompleks mashg‘ulotlar, jismoniy yuklama, pedagogik nazorat, harakat faolligi, jismoniy tarbiya metodikasi.