6–9 YOSHLI GIMNASTIKACHI QIZLARNING VESTIBULYAR BARQARORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA PEDAGOGIK NAZORAT USULLARI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Tezisda 6–9 yoshli badiiy gimnastikachi qizlarda vestibulyar barqarorlikni pedagogik baholash mezonlari tahlil qilindi. Ilmiy manbalar asosida statik va dinamik muvozanat, sensor moslashuv, aylanishdan keyingi barqarorlashuv va texnik ijroni kuzatish usullari tizimlashtirildi. Natijalar nazariy-uslubiy umumlashtirishga asoslanadi.
Kalit so'zlar: badiiy gimnastika, vestibulyar barqarorlik, pedagogik nazorat, 6–9 yosh, statik muvozanat, dinamik muvozanat, sensor integratsiya, BESS, bir oyoqda turish, akrobatik mashqlar.