ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

FUTBOLCHILARNING TEZLIK–KUCH SIFATLARI RIVOJLANISH DARAJASINING TEXNIK–TAKTIK HARAKATLARNI BAJARISH SAMARADORLIGI BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Djurayev, Elyorjon Madaminovich

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 68–71

Annotatsiya

Mazkur maqolada futbolchilarning tezlik–kuch sifatlari rivojlanish darajasi va texnik–taktik harakatlarni bajarish samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Futbolchilarning qisqa masofaga tez yugurishi, keskin tezlanishi, sakrashi, yo‘nalishni o‘zgartirishi va to‘p uchun kurashishi texnik–taktik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada tezlik–kuch tayyorgarligining futbol o‘yinidagi o‘rni, uning texnik va taktik mahoratga ta’siri hamda jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: futbol, tezlik–kuch sifatlari, texnik mahorat, taktik tayyorgarlik, sprint, portlovchi kuch, chaqqonlik, jismoniy tayyorgarlik, o‘yin samaradorligi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi