BADIIY GIMNASTIKA SPORT TURIDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNING NAZARIY MUAMMOLARI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Tezisda badiiy gimnastika amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishning nazariy va metodik muammolari tahlil qilinadi. Texnik tayyorgarlikni jismoniy imkoniyatlar bilan muvofiqlashtirish, mashqlarni o‘rgatish ketma-ketligi, yuklamalarni individuallashtirish hamda pedagogik nazorat masalalari ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar tahlili asosida mashg‘ulot maqsadi, o‘rgatish vositalari va baholash mezonlarini o‘zaro bog‘lashga qaratilgan metodik takliflar beriladi. Amaliy mashg‘ulot samaradorligini faqat takrorlash soni bilan emas, harakatning aniqligi, barqarorligi va mustaqil bajarilishi bilan baholash zarurligi asoslanadi.
Kalit so'zlar: badiiy gimnastika, amaliy mashg‘ulot, nazariy tayyorgarlik, harakat ko‘nikmasi, koordinatsion qobiliyatlar, individual yondashuv, mashg‘ulot yuklamasi, pedagogik nazorat.