MAKTABGACHA VA MAKTAB JISMONIY TARBIYA DASTURLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING ILMIY-METODIK IMKONIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha va maktab jismoniy tarbiya dasturlarini takomillashtirishda kompetensiyaviy yondashuvning ilmiy-metodik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli ta’lim bosqichlarida jismoniy tarbiya mazmunining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, bolalar hamda o‘quvchilarda zarur jismoniy, sog‘lomlashtiruvchi, kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishning samarali pedagogik shartlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv dasturlarini o‘rganish, taqqoslash, pedagogik kuzatuv, suhbat va so‘rovnoma metodlaridan foydalanildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 90 foizi jismoniy tarbiya dasturlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish zarurligini qo‘llab- quvvatladi. Natijalar kompetensiyaviy yondashuv jismoniy tarbiya samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, mustaqil jismoniy faoliyatni rivojlantirish va ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirishda muhim metodik vosita ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada jismoniy tarbiya dasturlarini mazmunan yangilash, kompetensiyalarni baholash mezonlarini takomillashtirish va pedagoglarning metodik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ilmiy- amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: kompetensiyaviy yondashuv, jismoniy tarbiya, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, o‘quv dasturi, uzluksizlik, uzviylik, jismoniy kompetensiya, sog‘lomlashtiruvchi kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy kompetensiya, jismoniy rivojlanish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim mazmuni.