BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISHDA INKLYUZIV TA’LIM VA SPORTNING AHAMIYATI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Mazkur tezisda bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish jarayonida inklyuziv ta’lim va sportning ahamiyati, ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, bolalarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, teng imkoniyatlar yaratish, oila, ta’lim muassasasi va ijtimoiy xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Inklyuziv sportning bolalarda o‘ziga ishonch, jamoada ishlash, muloqot qilish va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: bolalar, ijtimoiy ish, inklyuziv ta’lim, inklyuziv sport, ijtimoiy moslashuv, alohida ta’lim ehtiyojlari, teng imkoniyatlar, ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ijtimoiy himoya, reabilitatsiya, ota-onalar bilan hamkorlik.