ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

MAKTABGACHA VA MAKTAB JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA O‘QUV DASTURLARINING ME’YORIY MAZMUNI UZLUKSIZLIGINING ILMIY VA USLUBIY ASOSLARI

Usmonov, Zohid Normatovich

Farg‘ona davlat universiteti, dotsent

2026-10-22 · pp. 34–38

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘quv dasturlarining me’yoriy mazmuni uzluksizligini ta’minlashning ilmiy-nazariy hamda tashkiliy-metodik asoslari tahlil qilingan. Bolalarning yoshga oid anatomik-fiziologik xususiyatlari, harakat kompetensiyalari va jismoniy sifatlarini bosqichma- bosqich rivojlantirishda ta’lim mazmunining izchilligi muhim pedagogik omil sifatida asoslangan. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi metodik tafovutlarni aniqlash uchun qiyosiy-pedagogik tahlil mezonlari ishlab chiqilgan. Jismoniy yuklamalarni individuallashtirish, harakat faoliyatini baholash va dasturlararo integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy model taklif etilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, maktabgacha ta’lim, uzluksizlik tamoyili, o‘quv dasturi, harakat kompetensiyasi, jismoniy yuklama, psixofiziologik rivojlanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi