VOLEYBOLDA TEXNIK VA TAKTIK NAZORAT O‘TKAZISH ORQALI SPORTCHILARNING INDIVIDUAL IMKONIYATLARINI OSHIRISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada voleybolchilarning individual imkoniyatlarini rivojlantirishda texnik va taktik nazoratni tashkil etishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Voleybol mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarning texnik harakatlari va taktik qarorlarini muntazam nazorat qilish, yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni aniqlash hamda individual tayyorgarlik xususiyatlariga muvofiq mashg‘ulot dasturini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Maqolada texnik nazorat orqali to‘pni qabul qilish, uzatish, xizmat to‘pi kiritish va hujum zarbalarini bajarish sifatini baholash, taktik nazorat yordamida esa maydonda to‘g‘ri joylashish, o‘yin vaziyatlarini baholash, qaror qabul qilish va jamoaviy hamkorlikni aniqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, nazorat natijalariga asoslangan individual mashg‘ulotlarni rejalashtirish, baholash mezonlarini belgilash va sportchilarning rivojlanish dinamikasini kuzatish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: voleybol, texnik nazorat, taktik nazorat, individual imkoniyatlar, sport tayyorgarligi, texnik mahorat, taktik fikrlash, harakat faoliyati, mashg‘ulot jarayoni, pedagogik nazorat, sport natijadorligi.