ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

MAKTAB–MAHALLA VA OILA HAMKORLIGIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT OMMAVIYLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Yo‘ldashov, Ikromjon Abdulazizovich

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-22 · pp. 4–9

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktab, mahalla va oila hamkorligida jismoniy tarbiya hamda sportning ommaviyligini oshirishning pedagogik, ijtimoiy va tashkiliy mexanizmlari yoritilgan. Yosh avlodda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, o‘quvchilarni muntazam jismoniy faollikka jalb etish, oilalarda sportga bo‘lgan ijobiy munosabatni mustahkamlash hamda mahalla infratuzilmasidan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar o‘rtasida hamkorlikni tizimli tashkil etish, ommaviy sport tadbirlarini ko‘paytirish, raqamli targ‘ibot vositalaridan foydalanish hamda natijalarni monitoring qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga tayanilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, ommaviy sport, maktab, mahalla, oila, sog‘lom turmush tarzi, hamkorlik, yoshlar, jismoniy faollik, sport tadbirlari, pedagogik mexanizm, monitoring.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi